O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi Isroil hududi bo‘ylab raketa hujumlari kuchaygani sabab fuqarolarga ogohlantirish bilan murojaat qildi.

Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, raketa parchalari tushishi oqibatida jarohat olayotgan shaxslar soni ortib bormoqda. Shu munosabat bilan elchixona Isroil Front orti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.

Mutaxassislar bir qator muhim xavfsizlik qoidalarini eslatib o‘tgan:

  • sirena eshitilishi bilan darhol himoyalangan joyga (panajoyga) kirish;

  • rasmiy ruxsat berilmaguncha panajoyni tark etmaslik;

  • faqat rasmiy manbalar va favqulodda xizmatlar ko‘rsatmalariga amal qilish.

Ma’lum qilinishicha, 9-mart holatiga ko‘ra o‘zbekistonliklar orasida jarohatlanganlar haqida elchixonaga ma’lumot kelib tushmagan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 10/03/2026