Samarqand viloyati, Payariq tumanida 33 yoshli ayol xususiy klinikada ukol noto‘g‘ri qilinishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu ma’lumotni tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2026-yil 12-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Marhumaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.