O‘zbekiston Markaziy banki birinchi marta oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qildi.
2026-yil 5-yanvar kuni oltin quymalar narxi quyidagicha belgilandi:
  • 5 gramm — 8 mln 735 ming so‘m;
  • 10 gramm — 17 mln 469 ming so‘m;
  • 20 gramm — 34 mln 939 ming so‘m;
  • 50 gramm — 87 mln 347 ming so‘m;
  • 100 gramm — 174 mln 694 ming so‘m.

Uni qaytarib olish narxlari esa qadog‘i butligi yoki buzilganiga (texnik talablarga mos kelmaydigan holatda bo‘lganiga) ko‘ra farqlanadi.

Oltin quymalar — og‘irligi 5, 10, 20, 50, 100 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar. Maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.
Oltin quymalari tijorat banklardan sotiladi. Ularning manzillari Markaziy bank saytida ko‘rsatilgan. Quymalarni bemalol uyda yoki bankda — individual bank yacheykalarini ijaraga olgan holda saqlash mumkin. Ularning narxi bir hafta ichida bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Oltin quymalarini faqat banklarga sotish mumkin.

Categorized in:

Biznes, Mahalliy, Yangiliklar,

Last Update: 05/01/2026