Qoraqalpog‘iston Respublikasida patrul-post xizmati xodimi pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgan huquqbuzarligi uchun belgilangan jazo chorasini yengillashtirish maqsadida yana noqonuniy holatlarga aralashib qolayotganini sezib, Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida patrul-post xizmati xodimi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan materiallar bo‘yicha ishni sud-tibbiyot ekspertizasi orqali yengillashtirib berish evaziga 10 million so‘m miqdorida pul olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Aniqlangan holat yuzasidan patrul-post xizmati xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.