O‘zbekiston Hukumatining qaroriga muvofiq, xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi.
Endilikda pochta operatorlari va ekspress tashuvchilar jo‘natmalarni bojxona ko‘zdan kechiruvi va ko‘rigi uchun tegishli postlarga yetkazib beradi. Tashish, yuklash, tushirish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ularning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
Jo‘natmalar xavfni boshqarish tizimiga asosan “qizil”, “sariq” va “yashil” yo‘laklar orqali ro‘yxatga olinib, deklaratsiya asosida bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.