Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2025-yil boshidan buyon 32 mingga yaqin oila ajralib ketgani ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelmoqda, ayrim hollarda esa oilalar va bolalar kredit qarzlari bilan tashlab ketilayotgani kuzatilgan.
Davlat rahbari bu kabi holatlar, jumladan, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar hamda butun jamoatchilikni tashvishga solishi zarurligini qayd etdi.
“Oila qurish — bu nafaqat o‘zi uchun, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat,” — deyiladi yig‘ilishda.
Shuningdek, ajrimlar oqibatida taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushib qolmasligi uchun nikoh shartnomasining afzalliklarini targ‘ib qilish zarurligi ham ta’kidlab o‘tildi.