“Toshkent–Chinorkent–Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi shaharlararo ekspress-elektropoyezdlar chiptalari narxi oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi tariflar 2025-yil 25-sentabrdan boshlab amalda bo‘ladi.

Amaldagi narxlar:

  • kattalar uchun — 20 ming so‘m,

  • bolalar uchun — 11 500 so‘m.

Yangi narxlar:

  • kattalar uchun — 30 ming so‘m,

  • kichik yoshdagi bolalar uchun — 16 500 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabr oyida Toshkent–Xo‘jikent yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan, keyinchalik yo‘nalish Chinorkentgacha uzaytirilgan edi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 09/09/2025