Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, davlat rahbarining Xitoyga tashrifi davomida 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirgan va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab mutaxassislar zarur bo‘ladi.

Shu munosabat bilan oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun 100 dan ortiq til egasi va volontyorlar jalb etilishi belgilandi. Shuningdek, har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 09/09/2025