Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasida chaqnash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uch nafar fuqaro jarohat olgan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 16-iyul kuni soat 22:46 da M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan gaz shoxobchasida yuz bergan.

Qayd etilishicha, shoxobchadagi propan saqlash sig‘imi hamda gaz tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda chaqnash ro‘y bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida uch nafar fuqaro tan jarohati olgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan bo‘lib, ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni bartaraf etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik taqdim etilishini bildirdi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 17/07/2026