Toshkentda bankka bostirib kirib, xodimlarga o‘yinchoq to‘pponcha tirab, pul talab qilgan erkak 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Voqea 2025-yilning aprelida yuz bergandi. Niqob taqqan erkak Yunusobod tumanidagi bankda o‘g‘irlik qilishga uringan. Xodim xavf tugmasini bosgach, erkak qochishga harakat qilgan, ammo qo‘lga olingan.

Sudlanuvchining aytishicha, u bank bo‘limida videokuzatuv kamerasi va qo‘riqlash xizmati borligini bilmagan. U qilgan ishi uchun pushaymonligini bildirgan. Bank xodimi jabrlanuvchi sifatida, unga qarshi da’vo arizasi bermaganini aytib, qonunda ko‘zda tutilgan jazo tayinlashni so‘radi.

Sud hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyasida o‘tash belgilandi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 24/07/2025