6-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro yarim marafoni” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan soat 05:00 dan 14:00 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Cheklovlar quyidagi ko‘chalarga taalluqli:
- Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha;
- Sharof Rashidov shohko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
- Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
- Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;
- Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;
- Mustaqillik shohko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
- Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;
- Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
- Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
- O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.
Qayd etilishicha, ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paygan taqdirda, zaruratga ko‘ra, ushbu ko‘chalarga tutash ayrim yo‘llarda ham transport harakatiga cheklovlar kiritilishi mumkin.
Haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘nalishlardan foydalanish so‘raladi.