Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Fatxudin Ali Mohamed Somali Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi birinchi elchisi sifatida tayinlandi.
27-noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Vazir o‘zining Telegram sahifasida shunday yozgan: “Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligimizni bildirdik. Elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantiramiz.”
Ma’lumot uchun, 2025-yil 5-fevral kuni Nyu Yorkda O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolangan. Shu tariqa Somali Federativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylangan.