O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boshlab sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazishdan mobil videokameradan foydalanish majburiy bo‘ladi.
“O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, mobil videokameradan foydalanmasdan o‘tkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining soliq auditi natijalari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalarni 6 oy ichida teng ulushlarda to‘lash huquqi sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalarga ham tatbiq etiladi.
2025 yil 1 avgust holatiga Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” tizimi orqali soliq tekshiruvlariga nomzod sifatida shakllangan va soliq xavfi 16 trillion so‘m bo‘lgan 20 mingdan ortiq sub’yektga soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini ixtiyoriy bartaraf etish imkoni berilgan holda, ushbu ro‘yxat 1 noyabr holatiga qaytadan shakllantiriladi.