O‘zbekistonda shahar atrofi poyezdlariga chipta xarid qilish uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi ilova orqali yo‘lovchilar chipta xarid qilish jarayonini tezroq va qulayroq amalga oshirishi mumkin.
Unda kerakli yo‘nalishni tanlash, poyezdlar qatnov jadvali haqida ma’lumot olish va chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyati mavjud.
Ilova shahar atrofi poyezdlaridan foydalanuvchilar uchun chipta xarid qilish jarayonini raqamlashtirishga xizmat qiladi.