Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha “Afrosiyob” reyslari yo‘lga qo‘yiladi.

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, qatnovlar 5, 6, 7 va 8-iyunda amalga oshiriladi.

Harakat jadvali quyidagicha:

  • Samarqand—Toshkent — jo‘nash 10:55 da, yetib kelish 13:15 da;
  • Toshkent—Samarqand — jo‘nash 13:56 da, yetib kelish 16:14 da.

O‘zbekistonda 6-iyun kuni Qurbon hayiti bayram sifatida keng nishonlanadi. Prezident qarori bilan 7-iyun, shanba olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 04/06/2025