Jo‘qorg‘i Kenges Yaqin Sharq mamlakatlarida yuz berayotgan noxush holatlar munosabati bilan xorijda bo‘lib turgan va vatanga qaytishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida maxsus shtab tashkil etilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shtab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tuzilgan bo‘lib, 24 soat davomida, haftaning barcha kunlari faoliyat yuritadi.

Mazkur shtab Yaqin Sharq davlatlarida bo‘lib turgan, shuningdek, vataniga qaytish jarayonida turli muammolarga duch kelayotgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladi va ularga zarur tashkiliy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatadi.

Muammoga duch kelgan fuqarolar (61) 222-27-27 telefon raqami yoki @nukusshtab Telegram manzili orqali murojaat qilishi mumkin.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 02/03/2026