“O‘zgidromet” 2–5-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, kuchli yog‘ingarchiliklar fonida quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi ehtimoli mavjud:
Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlari;
Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;
Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
Farg‘ona viloyati — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahri.
“O‘zgidromet” tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida ko‘cha va pastqam joylarni suv bosishi mumkinligi qayd etildi.
Mutasaddilar aholidan ob-havo prognozlarini kuzatib borish, sel xavfi mavjud hududlarda zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni tavsiya etdi.