O‘zbekistonga asosan 31-55 yoshdagi turistlar kelgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—iyul oylarida jami 6,3 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 

Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha

  • 0-18 yosh — 849 947 nafar;
  • 19-30 yosh — 1 030 286 nafar;
  • 31-55 yosh — 3 196 729 nafar;
  • 56 yosh va undan kattalar — 1 242 157 nafar.

2025-yil yanvar—may oylarida O‘zbekistonga 4,2 million nafar chet el fuqarolari sayohat uchun kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yil mos davridagiga qaraganda 1,4 million nafarga (48,2 foiz) ko‘p. Eng ko‘p sayyohlar Qirg‘izistondan tashrif buyurgan — 1 280,1 ming nafar — 1,3 million nafar. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston (993,7 ming nafar) va Qozog‘iston (889,6 ming nafar) vakillari band etgan. Qolgan davlatlardan kelgan sayyohlar soni quyidagicha:

  • Rossiya — 334,3 ming nafar;
  • Afg‘oniston — 199,2 ming nafar;
  • Turkmaniston — 142,5 ming nafar;
  • Turkiya — 65,8 ming nafar;
  • Xitoy — 51,9 ming nafar;
  • Hindiston — 28,5 ming nafar;
  • Italiya — 17,4 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar — 201,1 ming nafar.

Taqqoslash uchun, 2023-yil yanvar—may oylarida O‘zbekistonga 2,6 million nafar sayyoh kelgandi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 26/08/2025