O‘zbekistonda yosh tarkibi bo‘yicha aholining eng katta ulushi 0–4 yoshli bolalarga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari yuzasidan e’lon qilgan hisobotda ma’lum qilindi.

2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 million 47 ming 321 nafarga yetgan. Shundan 19,76 million nafari erkaklar, 19,3 million nafari ayollarni tashkil etadi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatda 0–4 yoshli bolalar soni 4,6 million nafar bo‘lib, bu barcha yosh guruhlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Keyingi o‘rinlarda 5–9 yoshli bolalar (3,85 million nafar), 10–14 yoshdagilar (3,4 million nafar), 15–19 yoshdagilar (3,15 million nafardan ortiq) hamda 30–34 yoshdagilar (3,17 million nafar) qayd etilgan.

Qolgan yosh guruhlari soni quyidagicha:

  • 20–24 yosh — 2,66 million nafardan ortiq;
  • 25–29 yosh — 2,65 million nafar;
  • 35–39 yosh — 3,1 million nafar;
  • 40–44 yosh — 2,7 million nafar;
  • 45–49 yosh — 2,24 million nafar;
  • 50–54 yosh — 1,91 million nafar;
  • 55–59 yosh — 1,65 million nafar;
  • 60–64 yosh — 1,5 million nafar;
  • 65–69 yosh — 1,2 million nafar;
  • 70–74 yosh — 669 ming nafar;
  • 75–79 yosh — 342,5 ming nafar;
  • 80–84 yosh — 130,4 ming nafar;
  • 85 yosh va undan kattalar — 169 ming nafar.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi soni eng ko‘p hudud Samarqand viloyati bo‘lib, u yerda 4,4 million kishi istiqomat qiladi. Eng kam aholi yashaydigan hudud esa Sirdaryo viloyati bo‘lib, uning aholisi 954,3 ming nafarni tashkil etadi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 06/07/2026