O‘zbekistonda avgustda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam pullari moliyalashtirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil avgust oyi uchun 606,6 mingta kam ta’minlangan oilaga jami 332,9 mlrd so‘m mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to‘liq moliyalashtirildi.
Shundan:
- 581 814 ta oilaga 322,4 mlrd so‘m bolalar nafaqasi;
- 24 821 ta oilaga 10,6 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari ajratildi.
O‘z navbatida kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 533,2 mingta oilaga (yoki jami oluvchilarning 87,9 foizi) bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.
Ma’lumot uchun: joriy yilning iyul oyida yangi 86 063 ming ta kam ta’minlangan oila “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritildi.
Solishtirish uchun: iyul oyi uchun 621,6 mingta kam ta’minlangan oilalarga jami 340,9 mlrd so‘m mablag‘lar to‘liq moliyalashtirilgan edi.