O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan hamyurtimiz hamda uning ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, konsullik tomonidan oilaning hujjatlari rasmiylashtirilib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, Bosh konsulxona tomonidan qaytish uchun zarur sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan aviachiptalar bilan ta’minlangan.