Adliya vazirligining xabariga ko‘ra, Hukumat qarori bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur ko‘krak nishoni bilan birinchi navbatda yoshlar taqdirlanadi.
Nomzodlar ro‘yxati Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni har yili 26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. Bir shaxs ushbu mukofot bilan faqat bir marta taqdirlanadi, va u davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.