Buxoroda mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 dollar pora talab qilgan soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ tomonidan 2024-yil noyabr—dekabr hamda 2025-yil yanvar—fevral oylari uchun jamiyatning aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun MCHJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘z navbatida, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan esa MCHJga nisbatan qo‘llangan jazoni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgan. Ammo Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi sho‘ba bosh inspektori sud qaroriga asosan MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 dollar talab qilgan.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 28/07/2025