Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahridagi qo‘riqqa olingan savdo do‘konidan 9-iyun kuni soat 01:23 da signal tushgan. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tezkor guruh xodimlari 3 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan. Do‘kon ichidagi nomaʼlum shaxs qochishga uringan va qo‘lidagi pichoq orqali o‘zini jarohatlash bilan tahdid qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan (S.O.) shaxs quroldan zararsizlantirilib, qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 13/06/2025