Andijon shahridagi 2-son tug‘uruq majmuasida bir yo‘la 5 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrining “Qayrag‘ochtosh” mahallasida yashovchi Nargiza Bekjonova 6-iyul kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan tug‘uruq majmuasiga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan unga muddatidan oldin tug‘uruq tashxisi qo‘yilib, kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiya akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatolog mutaxassislar ishtirokida muvaffaqiyatli bajarilgan.

Natijada 5 nafar chaqaloq — 3 nafar qiz va 2 nafar o‘g‘il dunyoga kelgan.

Chaqaloqlarning vazni quyidagicha:

  • birinchi qiz — 1450 gramm;
  • ikkinchi o‘g‘il — 1605 gramm;
  • uchinchi qiz — 1495 gramm;
  • to‘rtinchi o‘g‘il — 1585 gramm;
  • beshinchi qiz — 1205 gramm.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ona va chaqaloqlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filialiga o‘tkazilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda ona va besh nafar chaqaloq shifokorlar nazoratida bo‘lib, ularning salomatligi qoniqarli.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 07/07/2026