Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-sentyabr kuni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari hamda ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, shaxmatchilar, murabbiylar, federatsiya vakillari va musobaqalarni tashkil etishda ishtirok etgan mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni:
- Madaminov Muxiddin Baxodirjon o‘g‘li — shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni:
- Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li;
- Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li;
- Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni:
- Kasimjanov Rustam Mashrukovich — erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
- Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li — Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni:
- Sindarov Komil Oydinovich — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni:
- Sindarov Javohir Sanjarbekovich — erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.
“Do‘stlik” ordeni:
- Mo‘minova Nafisa Alisherovna — ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
- Sattarov Bobir Muxamadi o‘g‘li — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi;
- Talipov Rashid Azatovich — Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi.
“Mardlik” ordeni:
- Vaxidov Jaxongir Tairovich;
- Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich;
- Kakishova Selbi Saparbay qizi;
- Kimsanboyev Axadxon Azizxon o‘g‘li;
- Mamarajabov Sardorbek Zohidjon o‘g‘li;
- Shayusupov Marsel Vyacheslavovich.
Ularning dastlabkisi shaxmat bo‘yicha erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lsa, qolgan besh nafar sportchi Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakillaridir.
“Kelajak bunyodkori” medali:
- Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li;
- Azizov Komiljon Ikromovich;
- Begmuratov Humoyun Xusniddinovich;
- Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li;
- Nig‘matov Ortiq Ravshan o‘g‘li;
- Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li.
“Sog‘lom turmush” medali:
- Djumayev Baxtiyor Melikulovich;
- Imomqo‘ziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi;
- Karimova Guldona Abubakir qizi;
- Omonova Umida Shuhrat qizi;
- Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi;
- Xamdamova Afro‘za Akbarovna.
Shunday qilib, farmon bilan jami 30 nafar shaxmatchi, murabbiy va soha mutaxassisi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.