Toshkent shahrida 1–22-sentyabr kunlari avtobuslarda yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lamagan 14 051 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich avgust oyiga nisbatan 8 494 taga yoki 153 foizga ko‘p.
Hisobot davrida poytaxt avtobuslarida 27,8 million nafardan ortiq yo‘lovchi tashilgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 3,6 million nafarga, avgust oyiga nisbatan esa 7 million nafardan ziyodga ko‘p. Avgust oyiga nisbatan yo‘lovchilar oqimi 34 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘l haqini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusga chiqqanidan so‘ng yo‘lkira haqini to‘lashi kerak.