Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida Belgrad ko‘chalaridan biriga Toshkent nomini berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston va Serbiya rahbarlari mazkur qaror ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotganining ifodasi ekanini ta’kidladi. Avvalroq O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgandi.
Toshkent ko‘chasi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilishning ramzi bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Belgraddagi ko‘chaga Toshkent nomining berilishi O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi tarixiy va zamonaviy aloqalarni aks ettiruvchi ramziy qadam sifatida qayd etildi.