Migratsiya agentligi “NPS Personal xususiy bandlik agentligi” MCHJga xorijda ishga joylashtirish uchun berilgan litsenziya bekor qilinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur tashkilotga 2023-yil 15-dekabr kuni berilgan 294921-sonli litsenziya 2026-yil 13-apreldagi ariza asosida tugatilgan.

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, litsenziyasi bekor qilingan tashkilotlarga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish qat’iyan man etiladi.

Idora fuqarolardan “NPS Personal” faoliyati bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlar mavjud bo‘lsa, ularni 30-aprelga qadar taqdim etishni so‘radi. Murojaatlar uchun 71 202 33 55 telefon raqami, shuningdek, 171 va 711 qisqa raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust oyida Migratsiya agentligi tomonidan Adworld Group kompaniyasiga 112,5 million so‘m jarima qo‘llangandi. Aniqlanishicha, kompaniya zarur litsenziyasiz xorijdagi ish o‘rinlari haqida e’lonlar joylashtirgan hamda xizmatlarini targ‘ib qilish uchun blogerlarni jalb qilgan.

Shundan so‘ng Raqobat qo‘mitasi blogerlar Otabek Jo‘rayev va Abdurahmon Abdurahmonovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, hujjatlarni sudga yuborgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 17/04/2026