6-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik yangi kupyura muomalaga chiqarilishi, unda Mirzo Ulug‘bek surati aks etishi haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Regulyator aholidan faqat rasmiy manbalarni kuzatib borishni so‘radi.
Avvalroq, 28-yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Timur Ishmetov mamlakatda yangi kupyura chiqarish yoki so‘m denominatsiyasi (nolsizlantirish) rejalashtirilmaganini bildirgandi.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi asosiy vazifa inflyatsiya bo‘yicha belgilangan maqsad — targetga erishishdan iborat. Shuningdek, bozordagi ayrim o‘zgarishlar banknota nominallari tarkibiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatganini qayd etgan.