Toshshahartransxizmat mavsumiy ToshkentChorvoq yo‘nalishidagi avtobus qatnovi 23-martdan boshlab qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yo‘nalishga MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Mazkur avtobuslar 47 o‘rindiqli bo‘lib, konditsionerlar bilan jihozlangan.

Yo‘lkira narxi 25 ming so‘m etib belgilangan bo‘lib, to‘lovni naqd pulda yoki bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Birinchi qatnov Mashinasozlar metro bekatidan har kuni soat 06:00 da yo‘lga chiqadi. Avtobuslar har 1,5 soatda qatnaydi, yo‘l davomiyligi esa taxminan 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

So‘nggi qatnov Chorbog‘ tomondan soat 20:30 da amalga oshiriladi va soat 22:00 da yana Mashinasozlar metro bekatida yakunlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobuslar Mashinasozlar metrosidan yo‘lga chiqib, Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Hojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo‘rg‘onigacha harakatlanadi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 19/03/2026