Soliq qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabr holatida soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1200 tadan oshgan. Ushbu korxonalar umumiy hisobda 1,2 trln so‘mdan ko‘proq soliq qarzi yig‘ib kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, qarzdorlikning 311,2 mlrd so‘mi (23,9 foizi) soliq qarzi eng yuqori bo‘lgan 10 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular orasida:

  • “Mohir-Quruvchi” MChJ – 65,3 mlrd so‘m

  • “Avtosanoat-Injiniring” MChJ – 63,9 mlrd so‘m

  • “Aziya Invest Favorit” MChJ – 63,9 mlrd so‘m

  • “Ta’mirlash Qurish Servis” MChJ – 50,3 mlrd so‘m

  • “Fayz Design” MChJ – 18,5 mlrd so‘m

  • “DSK Binokor” MChJ – 13,7 mlrd so‘m

  • “Bright Industry Buildings the Future” MChJ – 11,6 mlrd so‘m

  • “Zarafshon Buildings” MChJ – 8,4 mlrd so‘m

  • “Dilum Nur Story” MChJ – 8 mlrd so‘m

  • “Ulug‘bek Osiyo Qurilish” MChJ – 7,6 mlrd so‘m

“Fiskal tahlillar” kanaliga ko‘ra, hududlar kesimida soliq qarzdorligi Toshkent shahrida 391 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 322,7 mlrd so‘m, Andijon viloyatida esa 147,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 19/11/2025