Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining Sug‘unboy qishlog‘ida joylashgan xonadonda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa 25-oktyabr kuni soat 6:50 atrofida yuz bergani ma’lum qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 21 yoshli erkak va uning 19 yoshli turmush o‘rtog‘i halok bo‘lgan. Portlashga maishiy gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea sabablarini o‘rganish uchun tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzilgan. Komissiyaga voqeani 15 kun ichida to‘liq o‘rganish va natijalar bo‘yicha dalolatnoma tayyorlash topshirilgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 30/10/2025