Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida faoliyat yuritgan ikki xususiy bandlik agentligining litsenziyalari bekor qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahridagi Mirai Recruitment agency hamda Buxoro shahridagi Westbridge xususiy bandlik agentliklarining faoliyati ularning o‘z arizalariga ko‘ra tugatilgan.

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ushbu korxonalarga fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi, deyiladi agentlik axborotida.

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda jami 37 ta xususiy bandlik kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 26 tasi Toshkent shahrida, 5 tasi Samarqandda, 2 tasi Namanganda, bittadan esa Buxoro, Qarshi, Andijon va Angren shaharlarida joylashgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 27/10/2025