Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan videolar tarqaldi. Kadrlarda Chery rusumli avtomobil Malibu ustida turgan holatda ko‘ringan.

Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi. Ma’lum qilinishicha, voqea 17-oktyabr kuni soat 15:20 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Hodisa vaqtida Chery, Malibu-2 va ikki Cobalt rusumli avtomobillar o‘zaro to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 17/10/2025