O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari uchun 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi (ilgari 12 foiz edi). Bu Prezidentning 2025-yil 8-oktabrdagi “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, issiqxonalarning 2025-yil 1-oktyabr holatiga mavjud soliq qarzlarini to‘lash muddati 2028-yil yakuniga qadar foizsiz uzaytiriladi.

Hujjat orqali issiqxona faoliyati samaradorligini oshirish, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini kengaytirish maqsad qilingan. 2026-yilda eksport hajmini 3,5 milliard dollarga, 2027-yilda esa 4 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2026-yilda 20 ming gektar, 2027-yilda esa 15 ming gektar yer maydonlariga mevali ko‘chat va sabzavotlar ekish belgilangan.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 5,1 ming gektar issiqxona mavjud bo‘lib, so‘nggi yetti yilda ularda yetishtiriladigan mahsulot hajmi 110 ming tonnadan 546 ming tonnaga oshgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 10/10/2025