Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga mamlakatda 11,9 ming nafar tadbirkor yuqori barqarorlik reytingiga erishgan. Ulardan 2 270 nafari eng yuqori ko‘rsatkich — AAA kategoriyasiga yetgan.

Shuningdek, 101,3 ming nafar tadbirkor o‘rta, 246,4 ming nafari qoniqarli, 194 ming nafari esa quyi reytingdan joy olgan.

Yuqori reyting egalarining asosiy faoliyat sohalari quyidagicha taqsimlangan:
• 4 ming nafar — xizmat ko‘rsatish,
• 4 ming nafar — savdo,
• 1,7 ming nafar — sanoat,
• 767 nafar — qurilish,
• 231 nafar — qishloq xo‘jaligi.

Hududlar kesimida esa:
• 4 ming nafar tadbirkor Toshkent shahrida,
• 1 079 nafari Toshkent viloyatida,
• 975 nafari Samarqand viloyatida,
• 799 nafari Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritmoqda.

Mazkur reyting tadbirkorlarning moliyaviy barqarorligi va soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelayotganini ko‘rsatib, biznes muhitining rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 03/10/2025