Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnatni ta’minlash masalalari bo‘yicha Milliy komissiya paxta terimi mavsumida monitoring o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruvlar natijasida 300 dan ortiq holatda terimchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari qonuniy tartibda rasmiylashtirilgani, shuningdek, terimchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilgani qayd etildi.

Biroq 11 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilishi, 3 ta holatda esa majburiy mehnat qo‘llanilgani aniqlandi. Mas’ullarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49 va 51-moddalariga asosan choralar ko‘rildi.

Milliy komissiya bunday holatlarni keskin qoralab, majburiy mehnat nafaqat paxta terimida, balki barcha sohalarda mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi. Shuningdek, barcha ish beruvchilar va mahalliy davlat organlari rahbarlari xodimlarning Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan mehnat huquqlariga rioya qilishga chaqirildi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 25/09/2025