Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi sudya yordamchisi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

U xizmat mavqeidan foydalanib, ko‘rilayotgan ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha fuqaroga yengillik yaratish evaziga dastlab 500 ming so‘m olgan va qo‘shimcha ravishda 800 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u o‘z qarindoshi vositachiligida 800 AQSh dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 19/09/2025