O‘zbekistonning madaniy merosiga oid noyob tarixiy buyum — XII–XIII asrlarga mansub, G‘aznaviylar davrida yaratilgan gulbarg shaklidagi qo‘rg‘oshin idish Londondagi “Orfeus” galereyasidan mamlakatimizga olib kelindi.

Id

Mazkur buyum o‘rta asrlarda tantanali marosimlarda hamda uy bezagida qo‘llanilgan bo‘lib, o‘sha davr hunarmandlarining yuqori mahoratini aks ettiradi.

Qaytarilgan tarixiy buyum O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etiladi. Markazning asosiy yo‘nalishlaridan biri yurtimizga oid noyob topilmalarni jamlash, ularni tadqiq etish va xalqaro miqyosda keng tanishtirishdir.

Bu kabi tarixiy buyumlarning qaytarilishi milliy merosni boyitish va qadimiy tarixni yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 02/09/2025