Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragi yakunida mamlakatning davlat qarzi 3,16 milliard dollarga oshdi.

Davlat qarzining umumiy hajmi 43,37 milliard dollarni tashkil etib, shundan 36,41 milliard dollari tashqi qarz, 6,96 milliard dollari esa ichki qarz hisoblanadi.

Shu bilan birga, yil boshidan davlat qarzining YAIMga nisbatan ulushi 35 foizdan 34,2 foizgacha pasaydi. Tashqi qarz tuzilmasida 53 foiz ulush xalqaro moliya institutlariga to‘g‘ri keladi:

  • Osiyo taraqqiyot banki — 7,46 milliard dollar (20 foiz);
  • Jahon banki — 7,84 milliard dollar (22 foiz);

  • Islom taraqqiyot banki — 935 million dollar (3 foiz);

  • Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,69 milliard dollar (5 foiz);

  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi — 642 million dollar (2 foiz);

  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 401 million dollar (1 foiz).

Shuningdek, 31 foiz ulush xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlariga to‘g‘ri keladi:

  • Xitoyning Eksport-import davlat banki va boshqa tashkilotlariga — 3,86 milliard dollar (11 foiz);

  • Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa yapon tashkilotlariga — 3,18 milliard dollar (9 foiz);

  • Fransiya taraqqiyot agentligiga — 1,16 milliard dollar (3 foiz).

Categorized in:

Uncategorized,

Last Update: 03/09/2025