Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Veolia Energy Tashkent taklifiga ko‘ra poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshirilishini ma’qulladi.

Kengashning 22-avgustdagi qaroriga ko‘ra:

  • bazaviy tarif QQSsiz — 711 641 so‘m/Gkal;
  • aholi uchun QQSsiz — 139 860 so‘m/Gkal;
  • byudjet tashkilotlariga — 952 797 so‘m/Gkal;
  • boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga — QQSsiz 342 296 so‘m/Gkal

miqdorida narxlar (tariflar) qo‘llanilishi ma’qullandi.

Ya’ni issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi chakana tarifi aholi uchun 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, byudjet tashkilotlari uchun 18,8 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Endilikda ushbu hujjatni shahar hokimi Shavkat Umurzoqov imzolashi kerak.

Hujjatda yangi tariflarning joriy etilish muddati ko‘rsatilmagan. Veolia Energy Tashkent tariflarni 2025-yil 1-oktyabrdan oshirishni taklif qilgandi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 25/08/2025