O‘zbekistonda namunali xavfsiz ko‘cha va uylar tashkil qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda namunali xavfsiz ko‘cha va namunali xavfsiz uy tashkil etish” bo‘yicha namunaviy talablar tasdiqlandi. Namunali xavfsiz ko‘cha va namunali xavfsiz uy tashkil etishga oid infratuzilmaviy talablar quyidagilar:

  • tungi vaqtda ko‘chaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi to‘liq yoritilishi;
  • berk ko‘chalar, ichki yo‘laklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan qorong‘i hududlarning qisman yoritilishi;
  • transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;
  • ko‘chalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;
  • qarovsiz yerto‘la, chordoq va chiqindixonalar mavjud bo‘lmasligi.

Og‘ir mahallalarda namunali xavfsiz ko‘cha va namunali xavfsiz uylar tashkil qilish bo‘yicha aniq vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan “yo‘l xaritalar”ga manzilli kiritiladi.

“Mahalla yettiligi” tomonidan namunali xavfsiz ko‘cha va namunali xavfsiz uylarning boshlanish va tugash nuqtalariga ushbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stikerlar o‘rnatiladi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 20/08/2025