Toshkent shahrida 18-noyabr kuni O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan harbiy bo‘linmalarning Davlat bayrog‘i bilan tantanali piyoda yurishi o‘tkaziladi.

Unda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalari ishtirok etadi.

Tadbir soat 11:00 da “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari bilan boshlanadi. Shundan so‘ng harbiy bo‘linmalar quyidagi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi:

  • “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi;
  • Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari;
  • O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi;
  • “Chorsu” bozori;
  • Toshkent sirki;
  • O‘zbekiston shohko‘chasi va Furqat ko‘chasi;
  • “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydoni.

Tantanali yurish “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydonida yakunlanadi.

Bu yerda harbiy xizmatchilarning mahorati va jangovar shayligini namoyish etuvchi chiqishlar o‘tkaziladi. Xususan, Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalari o‘z mahoratini namoyish etadi. Shuningdek, harbiy bo‘linmalarning jangovar chaqiriqlari hamda harbiy orkestrning tantanali defile chiqishlari tashkil qilinadi.

Categorized in:

Uncategorized,

Last Update: 18/11/2026