“O‘zgidromet” 11–12-oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Xususan, xavf Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tumanlari, shuningdek, ayrim shaharlarida prognoz qilinmoqda.

Sel-suv toshqini xavfi bo‘lgan hududlar:

  • Qashqadaryo: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
  • Surxondaryo: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot;
  • Samarqand: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;
  • Navoiy: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
  • Jizzax: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
  • Toshkent: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;
  • Farg‘ona: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq;
  • Andijon: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.

“O‘zgidromet” tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Shuningdek, respublika hududida yomg‘ir suvlarining to‘planishi ehtimoli borligi, bu esa ayrim joylarda suv bosishiga olib kelishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 08/10/2026