Davlat mehnat inspeksiyasi 2–4-oktyabr kunlari paxta yig‘im-terimi mavsumida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.

Tekshiruvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

Monitoringlar davomida ayrim terimchilarga mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanmagani aniqlandi. Natijada jami 8 milliard 833 million so‘m terim pullari undirib berildi.

Davlat mehnat inspeksiyasi paxta yig‘im-terimi davomida mehnat huquqlariga rioya etilishi, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan monitoringlarni davom ettiradi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 07/10/2026