O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-iyun oylarida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda 49 ming 705 kishining ishi ko‘rib chiqildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 11 ming 197 taga yoki 29 foizga ko‘p. Bu haqda Oliy sud hisoboti ma’lumot berdi.
Hisobotda jinoyat ishlari ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra to‘rt toifaga ajratilgan.
Eng ko‘p ishlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha ko‘rilgan — 22 ming 66 ta. Ushbu toifadagi ishlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 50 foizga oshgan.
Yarim yil davomida sudlarda 11 ming 428 ta uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat ishi ko‘rilgan. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 12 foizga yuqori.
Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 13 ming 795 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 18 foizga ko‘p.
O‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha esa 2 ming 416 ta ish sudlarda ko‘rib chiqilgan. Ushbu ko‘rsatkich bir yil oldingiga nisbatan 19 foizga oshgan.
Eng ko‘p jinoyat ishlari Toshkent shahrida ko‘rilgan
2026-yilning birinchi yarmida sudlarda ko‘rilgan jinoyat ishlarining eng katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan — 6 ming 639 ta.
Keyingi o‘rinlarda:
- Farg‘ona viloyati — 6 159 ta;
- Toshkent viloyati — 5 498 ta;
- Samarqand viloyati — 5 461 ta.
Eng kam jinoyat ishlari Sirdaryo viloyatida ko‘rilgan — 1 304 ta.