O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida ishlab chiqarilgan qariyb 83 ming dona Cobalt avtomobilining 41 mingga yaqini ichki bozorda sotilgan. Bu ishlab chiqarilgan avtomobillarning 49,3 foiziga teng.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-iyun oylarida mamlakatda 82 951 dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu 2025-yilning mos davridagi 73 102 donaga nisbatan 9 849 taga ko‘p.
“O‘zavtosanoat” taqdim etgan sotuvlar statistikasiga ko‘ra, shu davrda UzAuto Motors ichki bozorda 40 936 ta Cobalt sotgan. Bu ishlab chiqarilgan avtomobillar umumiy sonining 49,3 foizini tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning birinchi yarmida 73 102 dona Cobalt ishlab chiqarilib, ichki bozorda 67 580 tasi sotilgan. Ya’ni o‘sha davrda ishlab chiqarilgan avtomobillarning 92,4 foizi ichki bozorda sotilgan.
Shu tariqa, joriy yilning dastlabki olti oyida Cobalt’ning ichki bozordagi sotuvi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,4 foizga qisqargan.
Bunda ishlab chiqarish hajmi, aksincha, 13,5 foizga oshgan: 2025-yilning birinchi yarmidagi 73 102 donadan 2026-yilning shu davrida 82 951 donaga yetgan.
Ichki bozorda sotilmagan avtomobillarning qancha qismi eksport qilingani yoki omborda qolganiga oid ma’lumotlar keltirilmagan.