Qatarda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘zbekistonlik 11 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatarga safari chog‘ida yuz bergan YTH oqibatida halok bo‘lgan. Hodisa avtotransport vositasi boshqaruvining yo‘qotilishi sabab yuzaga kelgan bo‘lib, bola bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Xabar qilinishicha, mazkur holat to‘g‘risida ma’lumot kelib tushishi bilan diplomatik vakolatxona tomonidan Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

“Mintaqada yuzaga kelgan vaziyat hamda transport-logistika bilan bog‘liq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy an’analarga muvofiq ravishda Qatarda dafn etildi”, deyiladi xabarda.

Categorized in:

Dunyo, Mahalliy,

Last Update: 04/03/2026