Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 15-fevral kuni taxminan soat 18:00 larda Chilonzor tumanida THAY—Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada 1969-yilda tug‘ilgan Yu.A. boshqaruvidagi yuk avtomobili bilan shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 2004-yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi velosiped to‘qnashgan.

YTH oqibatida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 16/02/2026